Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

отправитель: Марупов Максаджон - Ozodbek Nazarbekov - Озодбек Назарбеков 2016 - Jigi-jigi (Жиги-жиги) 2016 | Текст песни

Furqating o‘lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
Ko‘nglim olib yoshurmag‘il, bahri Xudo, jigi-jigi.

Chun ko‘zi, qoshu qad ila bizni ko‘ngilsiz aylading,
Qilma havola jonima, o‘zga ano, jigi-jigi.
Oy yuzingizni ko‘rgali o‘zgaga solmadim nazar,
Sen dog‘i saqla mehr ila haqqi vafo, jigi-jigi.
Furqating o‘lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
Ko‘nglim olib yoshurmag‘il, bahri Xudo, jigi-jigi.
Furqating o‘lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
Ko‘nglim olib yoshurmag‘il, bahri Xudo, jigi-jigi.
Chun seni Tengri rahmatu lutfu mujassam ayladi,
Loyiq emas sanga sitam, qilma jafo, jigi-jigi.
La’li labingdin o‘zga yo‘q, dardima chora qilguvchi,
So‘rdir o‘shandin, ey begim, bizga shifo, jigi-jigi.
Furqating o‘lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
Ko‘nglim olib yoshurmag‘il, bahri Xudo, jigi-jigi.
Furqating o‘lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
Ko‘nglim olib yoshurmag‘il, bahri Xudo, jigi-jigi.
Qush tili andalibidek Lutfiy xasta yolborur,
Qush tili andalibidek Lutfiy xasta yolborur.
Gul kabi chehradin oni tutma judo, jigi-jigi,
Gul kabi chehradin oni tutma judo, jigi-jigi.
Furqating o‘lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
Ko‘nglim olib yoshurmag‘il, bahri Xudo, jigi-jigi.
Furqating o‘lturur meni, tutma ravo, jigi-jigi,
Ko‘nglim olib yoshurmag‘il, bahri Xudo, jigi-jigi.
Tutma judo, jigi-jigi… Tutma judo, jigi-jigi…

Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2
Видео
Нет видео
-