Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Ozodbek Nazarbekov - Tishing dur (live) | Текст песни

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,
Yuzung xur, soching anbar, soʻzung mul, menging meynon.
Meynon menging, soʻzing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur koʻzum, koʻnglum qilurlar magar bordur,
Koʻzunga koʻngul vola, yuzunga koʻzum hayron.
Hayron koʻzum yuzunga, vola koʻngul koʻzunga,
Bordur magar, qilurlar koʻnglum, koʻzum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Pariydek seni koʻrdum emassen magan inson.
Inson magar emassen, koʻrdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,
Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,
Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur.

Другие названия этого текста
  • Ozodbek Nazarbekov - Tishing Dur (0)
  • Ozodbek Nazarbekov - Tishing dur (live) (0)
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 1
Видео
Нет видео
-