Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Ozodbek Nazarbekov - Erkak Kishi | Текст песни

Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini – (x2)
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til,
To’xtatadi yurib turgan ishini. (x2)
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita do’sti bor erkak kishini -
Biri oilasi va xalol mehnat,
Shular bo’lsa egib yurmas boshini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki omadi bor erkak kishini -
Vafodor ayol va eng sodiq bir do’st,
Yo’qsa hayot sindiradi tishini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita qarzi bor erkak kishini -
Biri onasidan, biri vatandan,
Shu ishga sarflasin bilak kuchini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki boyligi bor erkak kishini -
Biri farzandidir, ikkinchisi bu
Xotirjamlik qaritmaydi yoshini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki qanoti bor erkak kishini -
Birinchisi iymon, keyin sog’likdir,
Shular keltiradi omad qushini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikkita baxti bor erkak kishini -
Ayol emas, erkak bo’lib tug’ilgan,
Ikkinchisi olar ayol hushini.
Ahad Qayum aytar biling, ey do’stlar:
Ikki ustuni bor ijod ahlini -
Biri chin muhlislar va iste’doddir,
San’atkor shulardan sezar baxtini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini -
Biri manmanlikdir, ikkinchisi til
To’xtatadi yurib turgan ishini.
Dunyoga keldikmi biling, ey do’stlar:
Ikki dushmani bor erkak kishini…


Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2
Видео
  • Ozodbek Nazarbekov - Xo'rlanganlar | Озодбек ... Ozodbek Nazarbekov - Xo'rlanganlar | Озодбек ...
    Ozodbek Nazarbekov - Xo'rlanganlar | Озодбек Назарбеков - Хурланганлар ( soundtrack). RizaNovaUZ ...
  • Озодбек.mp4 Озодбек.mp4
    Озодбек.mp4 ... Ozodbek Nazarbekov - Seni o'ylab | Озодбек Назарбеков - Сени уйлаб - Duration: 4 ...
  • Ozodbek Nazarbekov - Tabarruk | Озодбек Назарбеков ... Ozodbek Nazarbekov - Tabarruk | Озодбек Назарбеков ...
    Ozodbek Nazarbekov - Tabarruk | Озодбек Назарбеков - Табаррук ... Ozodbek Nazarbekov - Samarqand ...
  • ozodbek nazrbekov and NEMATULLO 2012 ozodbek nazrbekov and NEMATULLO 2012
    ozodbek nazarbekov 2012. ... Uzbek Озодбек ва Шукрулло Америкада концерт беради - Duration: 2:38. by ...
  • Gulyor Gulyor
    Gulyor · Ozodbek Nazarbekov ... Erkak kishini! ... Ozodbek Nazarbekov - Taqdirimsan ...